Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi sobiq hujumchisi Zlatan Ibragimovich o`zining “Instagram”dagi rasmiy sahifasida uning surati tushirilgan 1000 kronalik kupyurani e`lon qildi, deb yozadi Sports.uz nashri.
“Sizlarda Benjamin Franklin bo`lsa, bizda men borman”,– deb izoh qoldirgan shvesiyalik futbolchi.
Qayd etish joiz, ushbu kupyurani muomalaga kiritish ta`qiqlanadi, chunki u suratkash Bingo Rimerning “ijod” maxsulidir. Ma`lumot uchun, tizzasidagi jarohatini davolatayotgan Zlatan ayni vaqtda erkin agent maqomidadir.






