Fransiyaning “Mets” klubi yarim himoyachisi Ismoil Sarr faoliyatini “Renn” klubida davom ettiradi. 19 yoshli futbolchi “Renn” bilan to`rt yillik shartnoma imzoladi, deya ma`lum qiladi Sports.uz nashri.
Norasmiy xabarlarga qaraganda, transfer summasi 17 mln evroni tashkil etadi. Sarr uning xizmatlariga “Barselona” qiziqish bildirgan bo`lsada, u o`zini xali top klubda o`ynashga qodir emas deb hisoblaydi va shu bois Fransiyaning o`rtamiyona klubida o`ynashga qaror qilgan.
Ma`lumot uchun, Sarr yakunlangan mavsumda Fransiya chempionatida 31 ta bahsda maydonga tushdi va 5 ta gol kiritib,m bir golga assistentlik qildi.






