1

"Sharq taronalari"da SDChTI talabalari tarjimonlik qilishadi

Shou-biznes 17.08.2013, 08:26
"Sharq taronalari"da SDChTI talabalari tarjimonlik qilishadi
Samarqandda “Sharq taronalari” to`qqizinchi xalqaro musiqa festivaliga tayyorgarlik doirasida mehmonlarni kutib olish va mehmonxonalarga joylashtirish, ularga transport xizmati ko`rsatish, gid va tarjimonlar biriktirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko`rilmoqda.
– Bugungi kunda Samarqand shahrida saksondan ortiq mehmonxona mavjud. Festival ishtirokchilarini har tomonlama qulay bo`lgan mehmonxonalarga joylashtirish rejalashtirilmoqda, – deydi “O`zbekturizm” milliy kompaniyasi Samarqand mintaqaviy bo`limi rahbari Ilhom Suvonov O`zA ga bergan intervyusida. – Jumladan, qatnashchilarning asosiy qismi istiqomat qiladigan “Afrosiyob palas” mehmonxonasida xalqaro andozalarga mos, yuqori sifatli xizmat ko`rsatish uchun barcha sharoit va imkoniyatlar yaratilmoqda. Festival oldidan mehmonxona ta`mirlanib, yangi jihozlar bilan ta`minlandi. Hududda amalga oshirilayotgan keng ko`lamli obodonlashtirish ishlari yakunlanish arafasida. “Registon Plaza”, “Registon”, “Ark Samarqand”, “Regal palas”, “Diyora”, “Ideal”, “Nodir Samarqand” mehmonxonalari ham festival ishtirokchilari va faxriy mehmonlar, hay`at a`zolari, ommaviy axborot vositalari xodimlarini qabul qilishga shay holatga keltirildi. Yana bir necha mehmonxona zaxira sifatida mehmonlarni joylashtirishga tayyorlab qo`yildi. Xorijlik mehmonlarga tarjimonlik qilish va gid-ekskursovod vazifasini bajarish uchun Samarqand davlat chet tillar institutining eng faol talabalari saralab olindi. Ular bilan bir necha marta o`quv seminarlar o`tkazilib, dunyo xalqlari musiqa madaniyati, “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalining tashkil etilishi va ahamiyati, Samarqanddagi tarixiy obidalar, viloyatda keyingi yillarda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari haqida ma`lumot berildi. Festival ishtirokchilari borishi rejalashtirilgan tarixiy obidalar, Samarqand shahri va tumanlardagi madaniy-maishiy inshootlar, istirohat bog`lari bo`yicha ham eng so`nggi ma`lumotlar jamlanib, tarjimonlarga tarqatildi. Mehmonlarga sifatli transport xizmati ko`rsatish maqsadida zamonaviy avtobus va engil avtomashinalar ajratilib, zarur vositalar bilan ta`minlandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1