AsosiySport

JCh-2018 SARALAShIDAGI O`TA MUHIM O`YIN O`ZBEKISTONLIK HAKAMLARGA TOPShIRILDI

'JCh-2018 SARALAShIDAGI O`TA MUHIM O`YIN O`ZBEKISTONLIK HAKAMLARGA TOPShIRILDI'ning rasmi

Xalqaro futbol federasiyasi (FIFA) Osiyo mintaqasidan JCh–2018 turniriga saralash bosqichi “B” guruhi 10-turidan o`rin olgan Saudiya Arabistoni – Yaponiya uchrashuviga rasmiylarni tayinladi, deya ma`lum qiladi O`FF matbuot xizmati.

Mazkur uchrashuvni o`zbekistonlik hakamlar guruhi boshqarib boradi. Valentin Kovalenko bosh hakam vazifasini bajaradi, qanotlarda Ma`mur Saidqosimov va Husniddin Shodmonov ishlaydi. Zaxira hakami – Dmitriy Pislegin.

Iordaniyalik Ismoil Adnan al-Hafi referilar ishiga baho beradi. Uchrashuv komissari etib Janubiy Koreya vakili Li Sangvun tayinlandi.

Ma`lumot uchun, “B” guruhi peshqadamligi uchun kurashayotgan Saudiya Arabistoni va Yaponiya o`rtasidagi o`yin 5 sentyabr kuni Jidda shahrida bo`lib o`tadi.

    Boshqa yangiliklar