«Barselona» hamon «Liverpul» yarim himoyachisi Filippe Koutinoni sotib olish fikridan qaytmayapti. Bu haqda SA nashri xabar bermoqda.
Kataloniyaliklar 25 yoshli braziliyalik futbolchi bilan 5 yillik shartnoma borasida kelishib olishgan va uning uchun 85 million evro to`lashga tayyorlar.
«Liverpul» esa Koutinoni sotmoqchi emas. Biroq futbolchi «Barselona»ga o`tishni istayotganini rahbariyatga aytgan. Angliya klubi uni 150 milliondan kamiga qo`yib yubormoqchi emas.






