1

​AMERIKALIK TELEBOShLOVChI ELKASIDAGI ULKAN O`RGIChAK BILAN JONLI EFIRNI OLIB BORDI (VIDEO)

Dunyo 31.07.2017, 09:27
​AMERIKALIK TELEBOShLOVChI ELKASIDAGI ULKAN O`RGIChAK BILAN  JONLI EFIRNI OLIB BORDI (VIDEO)

FOX 4 News telekanalining boshlovchisi bo`lgan Shennon Myurrey (Shannon Murray) elkasida yurgan ulkan o`rgimchakdan bexabar holda jonli efirni olib bordi, deb xabar berdi Lenta.ru nashri.

Mazkur videorolik Facebook ijtimoiy tarmog`iga joylashtirildi. Uni ikki kun mobaynida 335 ming foydalanuvchi tomosha qildi. Myurrey qo`lida o`rmalayotgan o`rgimchakka e`tibor qilmagan holda jonli efirni olib bordi. Foydalanuvchilar boshlovchining jasurligidan hayratga tushishdi. Ulardan biri ijtimoiy tarmoqlarda “Myurrey “Emmi” mukofotiga loyiq. Hech kim menda bunchalik katta taassurot uyg`otmagan”, deb izoh qildirdi.

Jurnalistning so`zlariga qaraganda u elkasida o`rgimchak yurganini bilmagan. “Nimadir g`imirlayotganini sezdim, ammo uning o`rgimchak ekanligi xayolimga ham kelmadi”, deb yozdi Shennon Myurrey Facebook sahifasida.


Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1