Shu yilning 5-9 avgust kunlari "Paxtakor-79" jamoasi xotirasiga bag`ishlangan musobaqa bo`lib o`tadi.
Unda 2002 yilda tavallud topgan futbolchilar ishtirok etadi. 4 guruhda 3tadan jamoa turnirda qatnashadi. Guruhlar tarkibi bilan tanishing.
"A" guruhi: "Paxtakor", Urganch OZK, "Quruvchi" (Andijon)
"V" guruhi: "Bunyodkor", Termiz BO`SM, Namangan OZK
"S" guruhi: 16-BO`SM, "Olmaliq", 2-BO`SM (Samarqand)
"D" guruhi: Yangier FMI, 28-BO`SM (Buxoro), Andijon FM
5, 6 va 7 avgust kunlari guruh bosqichi o`yinlari bo`lib o`tsa, 8 va 9 avgustda jamoalar hal qiluvchi uchrashuvlarda maydonga tushishadi. Turnir "Chilonzor" stadionidagi maydonlarda o`tkaziladi.