“Manchester Yunayted” jamoasi Londonning “Chelsi” klubidan Nemanya Matichni xarid qildi. Bu haqda mankunianlar matbuot xizmati xabar bermoqda.
Serbiyalik futbolchi “MYu” bilan 3+1 ko`rinishidagi shartnoma imzolangan. Transfer qiymati 40 million funtni tashkil etgan, keyinroq bonus sifatida yana 5 million funt to`lanishi mumkin.
Endilikda bu 28 yoshli havbek 2 avgust kuni jamoaning Dublinda “Sampdoriya”ga qarshi o`tkazadigan o`rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishi mumkin.






