AsosiySport

O`ZBEKISTONDA ANGLIYaLIK FUTBOLChI TO`P SURADI

'O`ZBEKISTONDA ANGLIYaLIK FUTBOLChI TO`P SURADI 'ning rasmi

Avstraliya chempionatining “Pert Glori” klubi a`zosi Rostin Griffits faoliyatini O`zbekistonda davom ettirishi mumkin.

SPORTS.uz axborot portaliga ma`lum bo`lishicha, 29 yoshli yarim himoyachi Oliy liganing top klubi bilan shartnoma imzolashi kutilmoqda. "Glori" jamoasi sardori klubni tark etgach, maydon markazida jiddiy muammolarga duch kelmaslik uchun o`z saflariga boshqa bir yarim himoyachini qo`shib olgan.

Biroq Griffitsni milliy chempionatimizning qaysi jamoasi bilan og`zaki kelishuvga erishgani haqida ma`lumotlar yo`q. Uning hozirgi klubidagi maoshi 600 ming AQSh dollarini tashkil etadi.

Ma`lumot o`rnida, kelib chiqishi asli angliyalik bo`lgan ushbu yarim himoyachi faoliyatini “Blekbern Rovers” jamoasida boshlagan. So`ngra, Shotlandiyaning “Gretna”, Angliyaning yana bir jamoasi “Akkrington Stenli”, Gollandiyaning “Roda”, Avstraliyaning “Adelaida Yunayted”, “Sentral Kost Mariners”, “Nort Kvinslend Furi” va “Pert Glori” jamoalarida to`p surgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar