“Lester” jamoasi yarim himoyachisi Denni Drinkuoter o`z faoliyatini boshqa klubda davom ettirishi mumkin. Bu haqda CA xabar bermoqda.
Sky Sports nashrining xabar berishicha, 27 yoshli futbolchining xizmatlariga Londonning “Chelsi” klubi qiziqmoqda. Drinkuoterning transferi 9 mln evroga baholanmoqda.
O`tgan mavsumda angliyalik futbolchi APLning 29 o`yinida maydonga tushib, 1 ta gol va 1 ta golli pasga mualliflik qilgan. Uning “Lester” bilan shartnomasi 2021 yilda o`z yakuniga etadi.