Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi rahbariyatining jamoa o`yinchilari uchun yangi mavsum nihoyasida beradigan mukofot pullari tafsiloti aniq bo`ldi, deb yozadi "Tribuna" nashri.
Futbolchilarning har biri Chempionlar ligasi va Angliya Premer ligasida g`alaba qozongudek bo`lsa 4 mln funt sterling miqdorida mukofot puli olishadi. Shunga ko`ra, har musobaqadagi yakuniy ijobiy natija uchun mukofot 2 mln funt sterlingni tashkil etadi.
Aytish joizki, klub rahbariyati milliy Kubok o`yinlarini ham yoddan chiqarmagan. Shunday qilib, Angliya Kubogi uchun turnirda g`alaba qozonilsa «Manchester Yunayted» futbolchilari 90 ming funt sterlingga boyishadi.
Angliya Liga kubogidagi g`alaba har bir o`yinchiga 70 ming funt sterling berishga asos bo`ladi. Ushbu bonuslar faqat 2017/18 yilgi futbol mavsumiga tegishli, deb yozadi The Sun gazetasi.