Madridning “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Posuelo-de-Alakron sudiga borib, qanday ko`rsatma bergani oshkor qilindi.
Portugaliyalik futbolchi sudda 1,5 soat bo`lib, prokurorlarning savollariga javob bergan va o`zining aybsizligini aytgan.
“Agar men Krishtianu Ronaldu bo`lmaganimda, bu erga kelmasdim. Men aybdor emasman va soliqlardan bo`yin tovlamaganman”, – dedi portugaliyalik sepur yulduz.
Eslatib o`tamiz, Ronaldu Ispaniya prokuraturasi tomonidan 2011–2014 yillar davomida 14,7 mln evro miqdoridagi soliqni to`lashdan bo`yin tovlaganlikda ayblanmoqda .
Agar Krishtiauning aybi isbotlansa, unga naqd 7 yilga ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.






