AsosiySport

“MILAN” DIEGO KOSTAGA KO`Z TAShLAB QO`YDI

'“MILAN” DIEGO KOSTAGA KO`Z TAShLAB QO`YDI 'ning rasmi

“Milan” jamoasi rahbariyati “Chelsi” klubi hujumchisi Diego Kostani qo`lga kiritish borasida o`z umidini uzmayapti.

Italiyalik mashhur jurnalist Janluka Di Marsioning saytida ma`lum qilinishicha, milanliklar London klubi vakillari va futbolchining agenti Jorje Mendesh bilan muzokaralar olib bormoqda.

Norasmiy xabarlarga ko`ra, “Chelsi” Diego Kostaning transferidan 44 mln funt sterling foyda qilmoqchi. 28 yoshli Kostaning klub bilan amaldagi shartnomasi 2019 yilning yoziga qadar mo`ljallangan.

Boshqa yangiliklar