AsosiySport

PSJ PREZIDENTI NEYMAR TRANSFERI BORASIDA BAYoNOT BERDI

'PSJ PREZIDENTI NEYMAR TRANSFERI BORASIDA BAYoNOT BERDI 'ning rasmi

Fransiyaning PSJ jamoasi prezidenti Nosir Al-Xalayfi “Barselona” hujumchisi Neymarning transferi borasida bayonot berdi.

“Hozirgi kunda Neymar “Barselona” futbolchisi bo`lib turibdi. Kelgusida nima bo`lishini birgalikda kuzatamiz. Ammo, biz boshqa klublarning futbolchilar bilan tuzgan barcha shartnomalarini hurmat qilamiz.

Bu haqda hoziroq gapirishni istamagan bo`lardim, umid qilamanki, bu mavzuga boshqa safar albatta qaytamiz. Men uning jamoaga o`tish imkoniyatlarini foizga solib hisoblab bera olmayman”, — dedi Al-Xalayfi.

Boshqa yangiliklar