AsosiyJamiyat

Soliqdan qochgan rahbarlarning kirdikorlari fosh bo`ldi

Qashqadaryo viloyat davlat soliq xizmati organlari tomonidan Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi respublika Kengashining rejasiga asosan Qamashi tumani hududida faoliyat ko`rsatayotgan «Tal`at-Termiz» MChJda rejali tekshirish o`tkazildi. 

Tekshirishda mazkur korxona hamda uning tarkibidagi «Malrusimpeks» va «Brik Grupp» tashkilotlarida soliqqa tortiladigan baza 1 210 951,3 ming so`mga kamaytirib ko`rsatilganligi, natijada yagona soliq to`lovi 72 657,1 ming so`m kam to`langanligi aniqlandi, bu haqda DSQ [url=http://www.soliq.uz/uz/]rasmiy saytixabar berdi.

Xatosini kim ham osongina tan olardi deysiz? MChJ rahbarlari «tekshirish noto`g`ri o`tkazildi» deya o`zlarini oqlashga urinishdi.

Ammo, raqamlar, qayta tekshirishlar ham yo`l qo`yilgan xatolarning to`g`riligini ko`rsatganida rahbarlar ayblarini tan olishdi.

Tekshirish natijasiga ko`ra tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi. SVOJJDLQK departamenti Qamashi tuman bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 184-moddasi 3-qismi bilan «Tal`at-Termiz» MChJ mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi.

    Boshqa yangiliklar