“Manchester Siti” klubi yarim himoyachisi Samir Nasri o`z faoliyatini vatani bo`lmish Fransiyada davom ettirishga yaqin turibdi.
Daily Mail nashrining ma`lum qilishicha, Nasriga “Nissa” jamoasi qiziqish bildirmoqda. Fransuz klubi futbolchi uchun 13 million evro sarflashga tayyor.
Qayd etish joiz, Nasrining “shaharliklar” bilan amaldagi shartnomasi 2019 yilning yozida yakuniga etadi.