O`zbekiston Kubogi–2017 musobaqasi ikkinchi yarim final ilk o`yinida Toshkentning «Lokomotiv» jamoasi o`z maydonida Qarshining «Nasaf» futbolchilari bilan bahs olib bordi.
Mazkur bellashuvda «temiryo`lchilar» Marat Bikmaevning dubli va Murod Bobojonovning gollari evaziga 3:1 hisobida zafar quchdi. «Nasaf» tarkibida Dragan Cheran bitta golga mualliflik qildi.
Eslatib o`tamiz, O`zbekiston Kubogi birinchi yarim final ilk o`yinida «Bunyodkor» o`z maydonida Samarqandning «Dinamo» klubi bilan nursiz durang qayd etgandi.
O`zbekiston Kubogi–2017
1/2 final, dastlabki uchrashuv
2 avgust, chorshanba
«Lokomotiv» (Toshkent) – «Nasaf» (Qarshi) – 3:1. 1272 tomoshabin.
Gollar: M. Bikmaev (16, 87), M. Bobojonov (46) – D. Cheran (90 + 2).
Ogohlantirishlar: S. Mirzaev (22), J. Masharipov (78) – I. Golban (15), Sh. Erkinov (74).
Hakamlar: R. Ermatov (Toshkent) – 9,0, A. Rasulov (Toshkent) – 9,0, J. Saidov (Toshkent) – 9,0, R, Serazetdinov (Toshkent) – 9
Nazoratchi: A. Abdullaev (Toshkent).
«Lokomotiv»: 1. I. Nesterov, 5. K. Maxaradze, 9. I. Aliboev, 10. M. Bikmaev, 11. S. Abdullaev (18. T. Kapadze, 61), 15. S. Mirzaev, 20. I. To`xtaxo`jaev, 22. M. Bobojonov (99. J. Masharipov, 60), 28. Sh. Muhammadiev, 37. Sh. Fayziev (33. O. Zoteev, 88), 42. M. Kone.
«Nasaf»: 35. S. Quvvatov, 2. A. Shorahmedov, 6. A. G`aniev, 7. O. Hamrobekov, 18. B. Abdurahimov, 22. I. Golban (10. D. Rahmatullaev, 83), 34. F. Sayfiev, 38. D. Narzullaev (20. I. Kenjaboev, 58), 69. D. Cheran, 77. J. Hasanov (15. Sh. Erkinov, 71), 92. U. Eshmurodov.