AsosiySport

RASMAN: NEYMAR PSJGA O`TDI VA DUNYoNING ENG QIMMAT FUTBOLChISIGA AYLANDI

'RASMAN: NEYMAR PSJGA O`TDI VA DUNYoNING ENG QIMMAT FUTBOLChISIGA AYLANDI'ning rasmi

Fransiyaning PSJ klubi “Barselona”dan braziliyalik futbolchi Neymarni sotib olinganligini e`lon qildi. Parij klubi Neymar bilan 5 yillik shartnoma imzolandi.

Avvalroq Neymarning tovon puli “Barselona” hisob raqamiga 222 mln evro kelib tushgani e`lon qililgan edi. U mazkur transfer orqali dunyodagi eng qimmat futbolchiga aylandi.

Futbol tarixidagi eng qimmatbaho transferlar

1. Neymar — € 222 mln («Barselona» — erkin agent, «PSJ» - uchun);

2. Pol Pogba — € 105 mln («Yuventus» — «Manchester Yunayted»);

3. Garet Beyl — € 101 mln («Tottenxem Xotspur» — «Real»);

4. Krishtianu Ronaldu — € 94 mln («Manchester Yunayted» — «Real»);

5. Gonsalo Iguain — € 90 mln («Napoli» — «Yuventus»).

Ma`lumot uchun, Neymar 2013 yil “Santos”dan “Barselona” safiga ko`chib o`tgan edi va hozirga qadar jamoa safida 186 o`yinda maydonga tushib, 105 ta gol kiritishga erishgan edi.

Boshqa yangiliklar