“Manchester Yunayted” jamoasi himoyachisi Kemeron Bortvik-Jekson o`z faoliyatini Chempionship klubida davom ettirishi mumkin.
Ma`lumotlarga ko`ra, 20 yoshli futbolchining xizmatlariga “Lids Yunayted” qiziqish bildirgan. Chempionship vakillari bu o`yinchini mavsum oxiriga qadar ijaraga olmoqchi. Joze Mourino Bortvik-Jeksonning ijara asosida boshqa klubga o`tishiga qarshi emas.
O`tgan mavsumda yosh himoyachi mankunianlar safida 14 o`yinda maydonga tushib, hech qanday samaradorlik ko`rsatmagan.