AsosiySport

“MONAKO” ETAKChISI ILK O`YINDA JAROHAT OLDI

'“MONAKO” ETAKChISI ILK O`YINDA JAROHAT OLDI 'ning rasmi

Kecha Fransiya chempionati start oldi va mavsumning ilk uchrashuvida amaldagi chempion “Monako” klubi o`z maydonida “Tuluza”ga qarshi maydonga tushib, 3:2 hisobida zafar quchdi.

Biroq, urush qurbonsiz bo`lmaydi deganlaridek kecha “Monako” hujumchisi Kilian Mbappe uchrashuvning 75-daqiqasida kutilmaganda jarohat olib maydondonni tark etdi. Uning o`rniga esa uchrashuvni Allan Sent-Maksimen yakunlab qo`ydi.

So`nggi ma`lumotlarga ko`ra, 18 yoshli forvardning sog`ligi xavf ostida emas. Uning jarohati jiddiy bo`lib chiqmadi.

    Boshqa yangiliklar