“Liverpul” jamoasi yarim himoyachisi Filippe Koutino yaqin vaqt ichida “Barselona” futbolchisiga aylanadi, deya ma`lum qilmoqda Marca nashri.
Ma`lumotlraga ko`ra, mersisaydliklar braziliyalik futbolchisini 100 mln evroga sotishga rozi bo`lgan. Endi “Barselona” vakillari transferni yakunlash uchun Angliyaga yo`l oladi. Kataloniyaliklar Koutinoni Parijga yo`l olgan Neymarga o`rinbosar sifatida ko`rmoqda.
Koutino 2013 yilda “Inter”dan “Liverpul”ga 13 mln evro evaziga o`tgandi. O`tgan mavsumda u jami 36 o`yinda maydonga tushib, 14ta gol urgan va 9 ta golga uzatma bergan.