AsosiySport

O`ZBEKISTON U-19 TERMASI ARMANISTON YoShLARINI MAG`LUBIYaTGA UChRATDI (VIDEO)

'O`ZBEKISTON U-19 TERMASI ARMANISTON YoShLARINI MAG`LUBIYaTGA UChRATDI (VIDEO) 'ning rasmi

Aleksandr Mochinov bosh murabbiyligidagi O`zbekiston U-19 terma jamoasi Osiyo chempionati saralash bosqichiga tayyorgarlik ko`rish doirasida Armanistonga yo`l oldi.

O`quv-mashg`ulotlar yig`ini doirasida O`zbekiston yoshlar termasi kecha, 7 avgust kuni Armaniston U-19 futbolchilariga qarshi o`rtoqlik o`yinida maydonga tushib, 1:0 hisobida zafar quchdi. Ertaga, 9 avgust kuni mazkur jamoalar yana bir bor o`zaro maydonga tushadi.

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston yoshlar termasi U-19 Osiyo chempionatiga saralash bosqichining “B” guruhidan joy olgan. Ushbu guruhning saralash o`yinlari shu yilning 31 oktyabr – 8 noyabr kunlari Tojikistonda bo`lib o`tadi.

O`rtoqlik uchrashuvi
Erevan, Armaniston

7 avgust, dushanba

Armaniston U-19 – O`zbekiston U-19 — 0:1

Gol: Nodir Kuybokov (74)

O`zbekiston U-19: Umidjon Ergashev, Abubakir Mo`ydinov, Suhrob Izzatov, Dilshod Saidov, Ibrohim Yo`ldoshev, Bobur Asqarov, Rasul Yo`ldoshev, Akmal Mozgovoy, Islom Kenjaboev, Jahongir Abdusalomov, Shahboz Umarov.

Zaxira: Javohir Qilichev, Nodir Kuybokov, Ayubxon Azimov, Abbos Jumaqulov, Kamron Saidazimov, Sanjar Zokirov.

Boshqa yangiliklar