AsosiyDunyo

ChITALIK QIZ AXLAT QUTIDAN TIRIK ChAQALOQNI TOPDI

'ChITALIK QIZ AXLAT QUTIDAN TIRIK ChAQALOQNI TOPDI'ning rasmi

Chita shahar polisiyasi axlat konteyneridan topilgan chaqaloqning onasini qidirmoqda, deb xabar berdi Ntv.ru nashri.

Voqea kecha ro`y berganiga qaramay, bu haqda bugun ma`lum bo`ldi. Voyaga etmagan qiz dahshatli voqeaning guvohi bo`ldi. U axlat konteyneridan karton quti ichida bo`lgan o`g`il bola chaqaloqni topdi. Chaqaloq ovozini eshitgan qiz, o`ylanib o`tirmay, bolani karton qutidan chiqarib, uyiga olib keldi.

Qiz chaqaloqning kidigini bog`lab, tez yordamga qo`ng`iroq qildi. Voqea joyiga etib kelgan tibbiyot xodimlari chaqaloqning ahvolini qoniqarli, deb topishdi. Ma`lum bo`lishicha, bola dunyoga kelganidan keyin ikki soat o`tgach, axlatga tashlangan.

    Boshqa yangiliklar