Xitoyning Sichuan provinsiyasida kuchli zilzila ro`y berdi, deb xabar qildi Tvzvezda.ru nashri.
OAVlar bergan ma`lumotga ko`ra, 5 kishi halok bo`ldi. Yuzlab sayyohlar vayronalar ostida qoldi. Mahalliy vaqt bilan soat 21.19 da Ngava-Tibet-Syan okrugining Sichuan provinsiyasidagi Szyuchjaygou uezdida 6,5 balli zilzila bo`ldi. Keyinroq Xitoy seysmologik markazi 7 balli zilzila ro`y berganini ma`lum qildi. Shundan keyin ham 100 ta aftershok (qayta qimirlash) qayd etildi.
Favqulodda holatlarning oldini olish bo`yicha Xitoy milliy komissiyasi bergan ma`lumotga ko`ra, 20 mingdan ortiq uy zarar ko`rgan, yuzlab odamlar qurbon bo`lgan, minglab odamlar jabrlangan. Ichida ikki ming nafar odam bo`lgan mehmonxona zilzila oqibatida qisman qulab tushdi. O`t o`chirish va qutqaruv xodimlari ularning 500 nafarini qutqarishga muvaffaq bo`ldi. Mehmonxona tog`li hududda joylashgani uchun yo`llarni tosh bosib qolgani tufayli unga borish qiyinchilik tug`dirmoqda. Yana yuzga yaqin sayyoh Szyuchjaygou milliy bog`i joylashgan tumandagi vayronalar tagida qoldi.






