AsosiyDunyo

ENG ULKAN DINOZAVR SUYaKLARI TOPILDI

'ENG ULKAN DINOZAVR SUYaKLARI TOPILDI'ning rasmi

Olimlar Er yuzida yashagan, shu paytgacha fanga ma`lum bo`lgan dinozavrning eng kattasini topishga muvaffaq bo`ldi, deb xabar berdi Tvzvezda.ru nashri.

Argentinaning paleontologiya Muzeyi tadqiqotchisi Egidio Feruglio fanga ma`lum bo`lgan dinozavrning eng kattasini topdi. Patagotitan mayorum, deb ataluvchi ulkan sudraluvchining uzunligi 35 metrni, balandligi 6 metrni tashkil qilib, uning og`irligi 61 tonna bo`lgan. Dinozavrning hajmi uchta avtobusga tengdir.

Patagotitan mayorum dinozavrining toshga aylangan umurtqa va qovurg`a suyaklari Argentinaning Patagoniya kareridan 2013 yilda topilganiga qaramay, u endi identifikasiya qilindi.

Tadqiqotchilar mazkur suyaklar yosh dinozavrga tegishli bo`lgan, yoshi katta dinozavrlar bundan ham katta bo`lganligini taxmin qilishmoqda. Patagotitan mayorum’lar ulkan dinozavrlar guruhiga mansub bo`lib, ular eramizdan 100 million yil ilgari yashagan. Dinozavrlarning tanasi katta bo`lganiga qaramay, ular faqat o`simliklar bilan oziqlanishgan.

    Boshqa yangiliklar