AsosiySport

ODIL AHMEDOV “ARSENAL” VA “NISSA” UNGA QIZIQQANINI AYTDI

'ODIL AHMEDOV “ARSENAL” VA “NISSA” UNGA QIZIQQANINI AYTDI'ning rasmi

Xitoyning “Shanxay SIPG” jamoasi faoliyat olib borayotgan Odil Ahmedov “Arsenal” va “Nissa” unga qiziqqanini va kelajagi borasida fikr bildirdi, deya ma`lum qiladi Sports.uz nashri.

“2011 yil men “Arsenal”ga o`tishim mumkin edi. Albatta, kim ham bunday jamoada o`ynashni istamaydi deysiz. Biroq o`shanda, men “Anji” bilan shartnoma imzolagan edim. Ular meni qo`yib yuborishmadi. Chunki, o`shanda, Evropa darajasidagi jamoa shakllantirilishi aytilgan edi.

Bundan ikki yil oldin APL jamoasidan taklif bo`ldi. Yaqinda “Nissa” ham taklif bilan chiqqan edi. “Krasnodar” Evropa ligasida ular bilan ro`baro kelgan edi. Ularga o`yinim yoqqan shekilli, mavsum yakunlanganidan so`ng, fransuzlar “Krasnodar”ga taklif bilan chiqdi.

Biroq meni “buqalar” bilan shartnomam bor edi. Fransuzlar bildirgan transfer summasi esa rus klubini qanoatlantirmadi. Men buni to`g`ri tushundim va qabul qildim. Mening Xitoyga transferim hammaga foyda bo`ldi. Jumladan, “Krasnodar”ga ham. Axir jamoa uchun futbolchini 500 ming emas, 5 mlnga sotgan afzal-ku. Bilishimcha, Rossiyaga boshqa qaytmayman. “Shanxay”dan so`ng, o`z Vatanimda o`ynashni istayman”, – dedi Odil Ahmedov.

Boshqa yangiliklar