AsosiySport

O`ZBEKISTON U-19 TERMASI IKKINChI O`YINDA ARMANISTONGA MAG`LUB BO`LDI

' O`ZBEKISTON U-19 TERMASI IKKINChI O`YINDA ARMANISTONGA MAG`LUB BO`LDI 'ning rasmi

Armaniston poytaxti Erevan shahrida o`quv-mashg`ulotlar yig`inini o`tkazayotgan O`zbekiston U-19 terma jamoasi Armaniston yoshlariga qarshi ikkinchi o`rtoqlik o`yinida maydonga tushdi.

Dastlabki o`yinda 1:0 hisobida g`alaba qozongan Aleksandr Mochinov shogirdlari ikkinchi uchrashuvda 1:4 hisobida mag`lubiyatga uchradi. O`zbekiston yoshlar termasi safida yagona golga Dilshod Saidov mualliflik qildi.

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston yoshlar termasi U-19 Osiyo chempionatiga saralash bosqichining “B” guruhidan joy olgan. Ushbu guruhning saralash o`yinlari shu yilning 31 oktyabr – 8 noyabr kunlari Tojikistonda bo`lib o`tadi.

O`rtoqlik uchrashuvi
Erevan, Armaniston
9 avgust, chorshanba

Armaniston U-19 – O`zbekiston U-19 — 4:1

Gollar: Armen Xovxannisyan (26, 59, 61), Ovannes Arutyunyan (40, penalti) – Dilshod Saidov (51, penalti)

O`zbekiston U-19: Umidjon Ergashev, Abubakir Mo`ydinov, Suhrob Izzatov, Dilshod Saidov, Ibrohim Yo`ldoshev, Javohir Qilichev, Rasul Yo`ldoshev, Kamron Saidazimov, Islom Kenjaboev, Jahongir Abdusalomov, Shahboz Umarov.

Zaxira: Bobur Asqarov,Nodir Kuybokov, Ayubxon Azimov, Abbos Jumaqulov, Sanjar Zokirov, Akmal Mozgovoy.

Boshqa yangiliklar