1

Olimlar tez tayyorlanadigan qonni yaratmoqchi

Salomatlik 12.11.2013, 10:48
Olimlar tez tayyorlanadigan qonni yaratmoqchi
Ruminiyalik olimlar tomonidan suv, tuz va oqsildan ishlangan sun`iy qon sichqonlarda muvaffaqiyatli sinovdan o`tdi. Endi u odamlarda sinab ko`riladi. Olimlar bu boradagi tajribani 2014-15 yillarda o`tkazishga umid qilmoqda. 

Kelajakda mutaxassislar bir zumda tayyorlanuvchi qonga ega bo`lishlari mumkin. Bunda donorlik qoniga qaram bo`lmaslik uchun suvga asosan tuz va tarkibida temir moddasi bo`lgan gemeritrin oqsilidan iborat aralashma qo`shish kerak bo`ladi, xolos. Gemeritrin oqsili bo`g`imli chuvalchanglarning ba`zi bir turlarida kislorod etkazib berish funksiyasini bajaradi.
Hozirga qadar sun`iy qon ishlab chiqish borasidagi barcha urinishlar muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlanayotgan edi, deb yozadi “Daily Mail”. So`nggi paytlarda naychali hujayralardan sun`iy qon yaratish borasidagi urinishlar istiqbolli hisoblanmoqda. Hozir u Fransiyada odamlarda sinab ko`rilyapti. Bu boradagi tajribalar boshlang`ich bosqichda bo`lib, hozircha natijalar haqida gapirishga erta. Shuningdek, olimlar tarkibida temir moddasi bo`lgan murakkab oqsil, ya`ni gemoglobinni tayyorlash borasida ham ishlar olib bormoqda.    

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1