Amerikaning Rod-Aylend shtatidagi kasalxonalardan birining xodimi mahalliy kirxonaning kir quritish xonasidan 50 va 100 dollarlik kupyuralarni topdi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.
Providans shahridagi The Miriam Hospital nomli kasalxonaning noma`lum mijozi umumiy hisobda 9100 dollarni “yuvgan”.
Pulni gospitalning 62 yoshli xodimi Stiven Ledo topdi. U avvaliga pullarni soxta, o`yin o`ynash uchun yasalgan pullar, deb o`yladi. Ammo dollarlarni diqqat bilan ko`zdan kechirgan Ledo ularning haqiqiy kupyuralar ekanligini aniqladi.
Stiven Ledo topilgan pullarni ehtiyotkorlik bilan yig`ishtirib, ularni tasodifan yuvgan mijozga qaytarish uchun kasalxona ma`muriyatiga topshirdi.
“Mazkur pullarni o`zimga ololmasdim, chunki bunday qilishga tarbiyam yo`l qo`ymaydi. Endi esa vijdonim oldida pokman. Ilgari hech qachon buncha miqdordagi pulni qo`limga ushlamaganman”, dedi Stiven Ledo.
Kasalxona direktori xodimning halolligi uchun mukofotlashga qaror qildi.






