AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiyada elchilarning sonini qisqartirgani uchun Putinga minnatdorchilik bildirdi, deb xabar berdi Mir24.tv nashri.
“Biz ham xodimlar sonini qisqartirishga harakat qilayotganimiz tufayli amerikalik diplomatlarni Rossiyadan chiqarib yuborgani uchun Putinga minnatdorchilik bildiraman. Shtatlar soni kamayganidan judayam xursandman, chiqarib yuborilganlarning orqaga qaytishi shart emas”, dedi Donald Tramp.
Eslatib o`tamiz, Rossiya hukumati AQShdan 1 sentyabrga qadar diplomatlar sonini qisqartirishni taklif qilgan edi. Bunda AQShning Moskvadagi elchixonasi va Sankt-Peterburg, Ekaterinburg hamda Vladivostok shaharlaridagi bosh konsulliklari haqida gap ketgan edi. Avgust oyidan boshlab, Amerika elchixonasi Serebryanniy Bordagi dala hovli va Moskva shahrining Dorojniy ko`chasidagi omborxonalardan foydalanish huquqidan mahrum etildi.






