Misrning shimoliy qismida poezd to`qnashuvi oqibatida 36 kishi halok bo`ldi, 100 dan ortiq odam jabrlandi, deb xabar berdi Segodnya.ua nashri.
Hodisa Misrning Iskandariya shahrida ro`y berdi. Hozircha to`qnashuv sababi haqida rasmiy ma`lumot berilmadi. Manbaning bergan xabariga ko`ra, falokat bir izni surib, boshqa izga o`tkazishdagi xatolik tufayli sodir bo`lgan.
Misr bosh vaziri Ismoil Sharif Iskandariyaning barcha kasalxonalari falokatda jabrlanganlarga yordam ko`rsatish maqsadida kuchaytirilgan tartibda ish olib borayotganligini ma`lum qildi.






