AsosiyDunyo

BARAK OBAMA SIYoSATGA QAYTMOQDA

'BARAK OBAMA SIYoSATGA QAYTMOQDA'ning rasmi

AQShning sobiq prezidenti Barak Obama siyosatga qaytishga tayyorgarlik ko`rmoqda. U Demokratik partiyani qayta tiklashga yordam beradi, deya xabar berdi The Hill nashri.


Nashrda xabar qilinishicha, yaqin kunlarda Obamaning maslahatchilari sobiq prezidentning partiya ishiga qaytishi bo`yicha yangi rejalar tuzib chiqishadi. Respublikachi Donald Trampning hukumatga kelishi tufayli obro`sizlangan Demokratik partiya holatini qayta tiklash Obamaning chekiga tushadi.

Yana bir qiziq ma`lumot, Obama hozirgacha amerikaliklar o`rtasida o`z mashhurligini yo`qotmagan. Gallup tomonidan iyun oyida o`tkazilgan so`rovnoma natijalariga ko`ra, mamlakatning 63 foiz aholisi unga nisbatan ijobiy munosabatda ekanini bildirgan.

Eslatib o`tish kerak, Barak Obama AQShni 2009-2017 yillarda boshqargan, prezident bo`lgunga qadar Illinoys shtati senatori edi. Birinchi marta 2008 yilda AQSh Prezidenti etib saylangan, 2012 yilda esa ikkinchi muddatga ushbu lavozimga munosib topilgan.

    Boshqa yangiliklar