AsosiySport

Ispaniya Superkubogi. “Barselona” o`z maydonida “Real”ga mag`lub bo`ldi (Video)

'Ispaniya Superkubogi. “Barselona” o`z maydonida “Real”ga mag`lub bo`ldi (Video)'ning rasmi

Barselona shahridagi “Kam Nou” stadionida Ispaniya Superkubogi uchun “Barselona” xamda “Real” jamoalari o`rtasida kechgan bahs bo`lib o`tdi.

Unda mehmonlar safarda bo`lishlari, qolaversa, uchrashuv oxirida Krishtianu Ronalduning maydondan chetlatilishiga qaramay, 3:1 hisobida g`alaba qozonishdi va javob bahsi oldidan yaxshi imkoniyatga ega bo`lishdi.

Qayd etish kerakki, javob o`yini 15 avgust kuni Madrid shahrida bo`lib o`tadi.

Barselona – Real Madrid 1:3 (0:0, 1:3)

Gollar: 0:1 – 50, avtogol Pike, 1:1 – 77, penalti Messi, 1:2 – 80 Ronaldu, 1:3 – 90 Asensio.

Barselona – ter Stegen, Umtiti, Pike, Alba, Aleish Vidal, Rakitich (Pako Alkaser, 83), Buskets, Inesta (Serdji Roberto, 68), Deulofeu(Denis Suares, 59), Messi, Suares.

Real Madrid – Navas, Varan, Marselo, Karvaxal, Ramos, Isko, Kazemiro, Kovachich (Asensio, 68), Kroos, Beyl (Vaskes, 81), Benzema (Ronaldu, 58).

Ogohlantirishlar: Kazemiro (20), Pike (27), Messi (40), Beyl (41), Karvaxal (41), Buskets (57), Navas (76), Ronaldu (80).

Chetlatish: Ronaldu (82).

Boshqa yangiliklar