Rossiyaning Xabarovsk o`lkasida kit 12 soat davomida daryo etagining sayoz joyida tiqilib turdi, deb xabar berdi Tengrinews.kz nashri.
Yirik dengiz jonivori Oxota dengiziga qaytarildi. Uzenligi 13 metr bo`lgan grelandiya kiti payshanba kuni daryoning sayoz joyiga tiqilib qoldi. Taxminlarga ko`ra, u kasatkalar to`dasidan qochib, sayozlikka kelib qolgan. Kitni qutqarish tadbiri o`tkazildi. O`t o`chirish xizmati xodimlari nasos orqali kitni suv bilan ta`minlab turdi. Natijada kit oqim bilan birga dengizga suzib chiqdi.