AsosiySport

Ronaldu Messining ustidan kuldi, biroz o`tib o`zi maydondan chetlatildi

'Ronaldu Messining ustidan kuldi, biroz o`tib o`zi maydondan chetlatildi'ning rasmi

Madridning “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Ispaniya Superkubogi doirasida “Barselona”ga qarshi bo`lib o`tgan dastlabki bahsda zahiradan maydonga tushib, 80-daqiqada raqib darvozasini ishg`ol etishga muvaffaq bo`ldi.

Qizig`i shundaki, 32 yoshli portugaliyalik futbolchi ushbu golni huddi Messi Madridda bo`lib o`tgan so`nggi “El-Klassiko”da o`z golini nishonlaganidek nishonladi va qaysidir ma`noda argentinalik futbolchining ustidan kuldi.

Aytish lozimki, libosini echib golni nishonlash Ronalduga qimmatga tushdi. Aniqrog`i, u oradan 2 daqiqa o`tib, hakam tomonidan 2-sariq kartochka bilan ogohlantirildi va natijada maydonni tark etdi.

Boshqa yangiliklar