AsosiyShou-biznes

​MUNISA RIZAEVA HECh QAChON XIZMATGA BORMAYDIGAN RESTORANLARINI SANAB O`TDI

'​MUNISA RIZAEVA HECh QAChON XIZMATGA BORMAYDIGAN RESTORANLARINI SANAB O`TDI'ning rasmi

Xonanda Munisa Rizaeva nima sababdan ayrim to`yxonalarga umuman to`ylarga bormasligini aytib o`tdi.

Munisa Jasur Hamroev bilan suhbatda to`ylardagi ko`ngilsiz holatlar sabab to`ylarga tan soqchilari bilan birga borishini ham ma`lum qildi.

"'Sulola' restoraniga har safar borganimda meni qattiq xafa qilishgan. Har safar borganimda kimdir meni urishgan, ustimdan pul sochishgan. Mening eng yomon ko`rgan narsam. Yana bormaydigan to`yxonalarim ro`yxatida 'Tinchlik', 'Registon' to`yxonalari ham bor. Bu to`yxonalar mening 'qora ro`yxatim'da. Bu restoranlarga hech qachon bormayman. Qancha pul berishsa ham. Men o`zimni juda hurmat qilaman, o`zimni sevaman! Shuning uchun o`zimni hech kimga xafa qildirib qo`ymayman. San`atkorning ustidan pul sochish unga nisbatan juda katta hurmatsizlik deb hisoblayman",—deydi Munisa.

"Ko`pincha to`ylarga borganimda ayrim erkaklar menga 'qichiq' qiladi, so`kadi, qo`l ko`taradi. Shuning uchun ham to`ylarga tan soqchilarim bilan borishga majburman"—deya so`zlarini davom ettiradi xonanda.

    Boshqa yangiliklar