Xonanda Nargiz Zokirova janjal markazida qoldi, deb xabar berdi Sosmo.ru nashri.
Rossiyaning Chita shahrida yangi savdo markazlaridan birining ochilish marosimida mashhur artistlarning qiyofadoshlari ishtirokida konsert bo`lib o`tdi. Ammo konsert tomoshabinlari bundan ogohlantirilmaganligi sababli ular sahnada haqiqiy yulduzlar kuyladi, deb o`yladi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Nargiz Zokirovaning kuylayotgani aks etgan videorolik paydo bo`lib, xonandaning muxlislari uni haqiqiy Nargiz Zokirova, deb qabul qilishdi. Videoni tomosha qilgan Nargiz qiyofadoshining chiqishidan dahshatga tushdi.
Xonanda g`azabnok post yozib, shou tashkilotchilarini yolg`onchilikda aybladi.
“Bu nima axmoqgarchilik? Erkak kishi mashhur ayolning qiyofasiga kirib, o`tkaziladigan shoulardan xabarim bor. Ammo videorolikka yozilgan izohdan dahshatga tushdim. Mazkur postni qo`ygan qiz qiyofadoshlar shousi o`tkazilgani haqida bir og`iz yozmagan. U “Nargiz Chitaning savdo markazlaridan birining ochilish marosimida”, deb rasmiy sahifamni qayd qilgan. Men zudlik bilan shou tashkilotchilaridan mazkur holatni izohlashni talab qilaman! Muxlislarimga esa hech qanday qiyofadoshim mamlakat bo`ylab o`tkazilayotgan turda ishtirok etmayotganligini, o`zim esa faqat Maksim Fadeev bilan hamkorlik qilishimni rasman e`lon qilaman!” , deb yozdi Nargiz Zokirova.