AsosiySport

FARHOD ABDULLAEV U-17 JAHON ChEMPIONATIDA HAKAMLAR IShIGA BAHO BERADI

'FARHOD ABDULLAEV U-17 JAHON ChEMPIONATIDA HAKAMLAR IShIGA BAHO BERADI 'ning rasmi

O`zbekistonlik FIFA va OFK instruktori, FIFA Hakamlar qo`mitasi a`zosi va hakamlar nazoratchisi Farhod Abdullaev Hindistonda bo`lib o`tadigan o`smirlar o`rtasidagi (U-17) Jahon chempionatida ishlash uchun Xalqaro futbol federasiyasi tomonidan taklif oldi.

Farhod Abdullaev mazkur musobaqada hakamlar nazoratchisi bo`lib ishlaydi. O`zbekistonlik mutaxassis bilan bir qatorda FIFA Hakamlar qo`mitasi raisi, yaqin o`tmishning eng mashhur hakamlardan biri Perluiji Kollina hamda AQSh, Paragvay, Ruanda, Chexiya va Solomon orollari kabi mamlakat vakillari U-17 Jahon chempionatida hakamlar ishiga baho beradi.

Ma`lumot uchun, o`smirlar o`rtasidagi (U-17) Jahon chempionati shu yilning 6–28 oktyabr kunlari Hindistonning 6 shahri – Kalkutta, Dehli, Kochchi, Navi-Mumbay, Guvaxati va Margao shaharlarida bo`lib o`tadi. Turnirda 6 konfederasiyadan jami 24 jamoa bosh sovrin uchun kurash olib boradi.

Boshqa yangiliklar