Kanada polisiyasi sayyohlar mingan avtobus ishtirokida sodir bo`lgan, bir nafar piyoda halok bo`lgan, bir necha kishi turli darajada tan jarohati olgan YTH ni tergov qilmoqda, deb xabar berdi Ntv.ru nashri.
Kanada SVS telekanalining xabar berishicha, Vankuver shahrida sayyohlar mingan avtobus bordyurga urilib, yo`l chetidagi bir necha piyodani bosib ketgan. 49 yoshli erkak olgan tan jarohati tufayli voqea joyida halok bo`lgan. Yana uch kishi turli darajadagi tan jarohati bilan kasalxonaga yotqizilgan.
Tan jarohati olgan piyodalardan biri keksa bo`lganligi uchun og`ir ahvolda, yana bir o`smir qizning jarohati engil bo`lgani uchun hayoti xavf ostida emas.
Polisiya hodisa yuzasidan tergov ishlarini olib bormoqda, avtobus haydovchisi ko`rsatma bermoqda.






