Yoz havosi qrimliklar uchun ajoyib sovg`a hozirladi, deb xabar qildi Ntv.ru nashri.
Qrimning Belogorsk shahrida kaptar tuxumi hajmidagi do`l yog`di. 10 daqiqa davomida ko`chaga chiqishning iloji bo`lmadi, daraxtlar jiddiy ziyon ko`rdi. Do`l faqat tuman markazida yog`di, qo`shni aholi punktida esa yog`magan.
Bugun ham yarim orolda kuchli yog`ingarchilik, shamol va momoqaldiroq bo`lishi kutilmoqda.






