Karib dengizi qaroqchisi, kapitan Jek Chittak (Djek Vorobey) Kanadadagi bolalar kasalxonasiga keldi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.
Jonni Depp film qahramoni libosida kasalxonada yotgan kichkina bemorlarni ko`rishga bordi. U bolalar bilan besh soat davomida muloqot qildi. Bu Jonni Deppning ilk aksiyasi emas. Aktyor qizi xastalikka uchragandan keyin bolalar kasalxonasiga katta e`tibor qaratadigan bo`ldi.






