AsosiySport
2671

“REAL” – ISPANIYa SUPERKUBOGI SOHIBIGA AYLANDI!

'“REAL” – ISPANIYa SUPERKUBOGI SOHIBIGA AYLANDI!'ning rasmi

Madrid shahridagi "Santyago Bernabeu" stadionida "Real" hamda "Barselona" jamoalari o`rtasidagi Ispaniya Superkubogi javob bahsi bo`lib o`tdi.

Javob bahsida 2:0 hisobida ishonchli g`alabaga erishgan "Real" shu kuni Zinedin Zidan qo`l ostida o`zining ettinchi sovrinini qo`lga kiritdi.

Eslatib o`tamiz, Barselonadagi o`yinda madridliklar 3:1 hisobida zafar quchgandi.

«Real» – «Barselona» - 2:0 (2:0)

Gollar: Asensio 4, Benzema 39.

«Real»: Navas, Karvaxal, Ramos, Varan, Marselo, Kovachich (Kazemiro 62), Kroos (Sebalos 80), Modrich, Asensio (Teo 75), Benzema, Vaskes.

«Barselona»: Ter Shtegen, Pike (Semedu 50), Umtiti, Alba (Din 78), Maskerano, Buskets, Serxi Roberto, Gomesh (Deulofeu 72), Rakitich, Messi, L. Suares.

Ogohlantirishlar: L. Suares 89, Maskerano 90+3


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar