Kecha, 16 avgust kuni rossiyalik aktrisa, Rossiya xalq artisti Vera Glagoleva uzoq davom etgan og`ir xastalikdan so`ng olamdan o`tdi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.
U so`nggi paytda nemis kliniklaridan birida davolanayotgan edi. Ammo uning bedavo dardi oldida tibbiyot ojizlik qildi. Vera Glagoleva aktyorlik bo`yicha ma`lumoti yo`qligiga qaramay, o`nlab filmlarda yorqin, esda qolarli obrazlarni yaratdi. Uning qahramonlari nozik bo`lishlariga qaramay, ichki kuvvatga ega kuchli shaxslar edi.
Rossiya kinematografiya ittifoqi raisining o`rinbosari Klim Lavrentevning ma`lumot berishicha, Vera Glagolevaning dafn marosimi 19 avgust kuni Markaziy kino uyida, soat 11.00 da bo`lib o`tadi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin aktrisaning yaqinlariga ta`ziya izhor qildi.






