Venesuelaning Amasonas shtatidagi Puerto-Ayakucho shahrida polisiya maxsus bo`limining qamoqxonaga kilgan hujumi oqibatida 35 nafardan ortiq odam halok bo`ldi, deb xabar berdi Russian.rt.com nashri.
“Puerto-Ayakuchoda xunrezlik ro`y berdi. Ichki ishlar, adliya vazirligi maxsus bo`limining qamoqxonaga hujum qilishi oqibatida 35 nafardan ortiq odam qurbon bo`ldi”, deb yozdi o`zining Twitter sahifasida shtat gubernatori Liborio Garuya.
14 nafar huquq-tartibot idorasi xodimi jabrlangan. Voqea yuzasidan tergov ishlari boshlandi.






