AsosiyDunyo

YO`LOVChI AYoL NIKOH KO`YLAGIGA TEKKAN DOG` UChUN AVIAKOMPANIYaDAN 300 MING DOLLAR TOVON PULI TALAB QILDI

'YO`LOVChI AYoL NIKOH KO`YLAGIGA TEKKAN DOG` UChUN AVIAKOMPANIYaDAN 300 MING DOLLAR TOVON PULI TALAB QILDI'ning rasmi

Yo`lovchi ayol American Airlines aviakompaniyasi xodimlarini nikoh ko`ylagini qasddan dog` qilganlikda ayblab, sudga berdi, deb xabar qildi Lenta.ru nashri.

Voqea 2015 yilda ro`y berganligiga qaramay, yo`lovchi ayol — Yevande Ote (Yewande Oteh) endi, 2017 yilning avgust oyida da`vo arizasi bilan sudga murojaat qildi. Hujjatlarda aytilishicha, Ote bo`lajak turmush o`rtog`i bilan Pensilvaniyaning Filadelfiya xalqaro aeroportidan nikoh to`ylarini o`tkazish uchun Yamaykaga yo`l olgan.

Aviakompaniya xodimlari ro`yxatdan o`tkazayotganda ayoldan ko`ylagini yuk bo`limiga topshirmasdan, oldiga ilib qo`yishni tavsiya qilishdi. Ote ularning gapiga rozi bo`ldi, ammo styuardessa undan ko`ylakni yuk bo`limiga topshirishni talab qilgan.

Yo`lovchi ayolning tepasidagi tokcha band bo`lganligi uchun ko`ylagini boshqa bo`limga joylashtirgan. Shundan keyin Ote va uning bo`lajak turmush o`rtog`i styuardessa ayolning ko`ylak turgan bo`limni ochib ko`rayotganligiga ko`zlari tushgan. Ote Yamaykaga etib kelgandan keyin nikoh ko`ylagiga qizil sharob to`kilganligini ko`rgan. Bundan jahli chiqib, u nikoh to`yini bekor qilgan.

Ayolning aytishicha, styuardessa hamkasblari bilan til biriktirib, ataylab uning nikoh ko`ylagini dog` qilgan. Bo`lib o`tgan voqea uchun u American Airlines avivakompaniyasidan 300 ming dollar tovon puli talab qildi. Aviakompaniya mazkur voqeani tasdiqlagan bo`lsa-da, unga izoh berishni istamadi.

    Boshqa yangiliklar