AsosiyDunyo

​XITOYDA ILK INTERNET SUD OChILDI

'​XITOYDA ILK INTERNET SUD OChILDI'ning rasmi

Xitoyning Chjeszyan provinsiyasidagi Xanchjou shahrida ilk internet sud ochildi, deb xabar berdi Ria.ru nashri.

Internet sud onlayn-savdo, onlayn shartnomalar firibgarligi, internetdagi mualliflik huquqlari talablarining buzilishi bilan bog`liq jinoyi ishlarni ko`radi.

Barcha sud jarayonlari, da`vo arizasi yozish va jinoyat ishi qo`zg`atish ishlari sud sayti orqali amalga oshiriladi. Sud ishini tinglash va hukmning e`lon qilinishi ham belgilangan vaqtda onlayn tarzda videotranslasiya qilinadi.



    Boshqa yangiliklar