AsosiyDunyo

NBA YuLDUZI KEVIN DYuRENT TRAMPNI HURMAT QILMASLIGINI MA`LUM QILDI

'NBA YuLDUZI KEVIN DYuRENT TRAMPNI HURMAT QILMASLIGINI MA`LUM QILDI'ning rasmi

NBA yulduzi va o`tgan mavsumdagi “Golden Steyt” liga chempioni etakchisi Kevin Dyurent Oq uy rahbari, AQSh prezidenti Donald Trampni hurmat qilmagani bois u bilan bo`ladigan an`anaviy uchrashuvga bormasligini ma`lum qildi, deb xabar berdi Tvzvezda.ru nashri.

“Oq uyda o`tkaziladigan an`anaviy uchrashuvga bormayman, chunki u erda ishlaydigan odamlarni hurmat qilmayman. Meni eshitishlari uchun tashrifdan bosh tortaman. Jamoadagi sheriklarim ham fikrimni qo`llab-quvvatlaydi”, dedi Dyurent.

NBA chempionati g`oliblarining AQSh prezidenti bilan Oq uyda o`tkaziladigan an`anaviy uchrashuvi fevral oyining oxiriga belgilangan.

    Boshqa yangiliklar