AsosiyDunyo

BEGEMOT ARSLONNING BOShINI UZIShIGA BIR BAHYa QOLDI (VIDEO)

'BEGEMOT ARSLONNING BOShINI UZIShIGA BIR BAHYa QOLDI (VIDEO)'ning rasmi

Keniyaning janubiy-g`arbiy qismida joylashgan Masai-Mara qo`riqxonasiga tashrif buyurganlar och arslon bilan begemotning jangiga guvoh bo`ldi, deb xabar berdi Tengrinews.kz nashri.

Mazkur videorolikda begemot va och arslonning jangini ko`rish mumkin. Arslon uxlab yotgan begemotni tishlashga harakat qildi. O`rnidan sakrab turgan begemot arslonning boshini uzishiga bir bahya qoldi. Arslon begemotning domidan qochib qutulishga muvaffaq bo`ldi va hech bir jarohatsiz jang maydonini tark etdi.

Mazkur videorolik ijtimoiy tarmoqlarda mashhurlikka erishdi. Uni ikki milliondan ortiq foydalanuvchi tomosha qildi.



    Boshqa yangiliklar