AsosiySport

“UCh MILLAT KUBOGI”: O`ZBEKISTON AYoLLAR TERMASI MUDDATIDAN AVVAL G`OLIBLIKNI QO`LGA KIRITDI

'“UCh MILLAT KUBOGI”: O`ZBEKISTON AYoLLAR TERMASI MUDDATIDAN AVVAL G`OLIBLIKNI QO`LGA KIRITDI'ning rasmi

Qirg`iziston poytaxti Bishkek shahrida ayollar terma jamoalari o`rtasida “Uch millat kubogi” xalqaro o`rtoqlik turniri o`z yakuniga etib bormoqda.

Kecha, 18 avgust kuni Qozog`iston va Qirg`iziston termalari o`zaro bahs olib borib, 2:2 hisobida durang o`ynadi. Bugun, 19 avgust kuni esa O`zbekiston ayollar termasi Qozog`iston bilan kuch sinashib, 6:0 hisobida g`alaba qozondi.

Mazkur g`alabadan keyin O`zbekiston ayollar termasi muddatidan avval musobaqa g`olibiga aylandi. Dastlabki turda Qozog`istonga qarshi maydonga tushgan O`zbekiston ayollar termasi 7:0 hisobida zafar quchgandi. Ikkinchi turda esa mezbon Qirg`iziston 3:1 hisobida taslim qilingan edi.

“Uch millat kubogi”
Bishkek, Qirg`iziston
19 avgust, shanba

O`zbekiston – Qozog`iston 6:0

Gollar: Mavluda Munavvarova (12), Nilufar Qudratova (39), Diyora Habibullaeva (43), Shahnoza Qurbonova (60), Lianna Norbekova (77), Lyudmila Karachik (80)

Ertaga, 20 avgust kuni so`nggi o`yin bo`lib o`tadi. Unda O`zbekiston va Qirg`iziston ayollar terma jamoalari o`zaro kuch sinashadi.

Jamoa

O`

G`

D

M

O

TN

1

O`zbekiston

3

3

0

0

9

+15

2

Qirg`iziston

3

1

1

1

4

+1

3

Qozog`iston

4

0

1

3

1

-16

Boshqa yangiliklar