Angliyaning “Manchester Siti” klubi “Barselona” etakchisi Lionel Messini sotib olmoqchi. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar tarqatmoqda.
Manbaga ko`ra “shaharliklar” 30 yoshli argentinalik forvard uchun uning shartnomasida belgilangan 300 mln evro tovon pulini to`lashga tayyor.
Berilgan ma`lumotlarga qaraganda “Manchester Siti” kataloniyaliklar Messi bilan shartnomani uzaytirmaslaridan avval bundan foydalanib qolmoqchi. Boisi, agar Leo “Barselona” bilan shartnomasini uzaytirsa, u holda uning tovon puli 400 mln evroga ko`tarilishi mumkin.